Toshkentda jamoat avtobuslarining harakat xavfsizligini nazorat qiluvchi xodimlarga maxsus xizmat mashinalari biriktirildi. Ular avtobus haydovchilarining tartibli ishlashini va mashinalarning avtobus yo‘laklariga chiqib ketmasligini nazorat qiladi hamda harakatga to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlaydi.
O‘zbekistonda bolalar muassasalari yaqinida xavfsiz ko‘chalar yaratish madaniyati mavjud emas. Yuzlab odamlar haftalab prezident ishtirokida ochilgan Respublika bolalar kutubxonasi yaqinidagi hududni obodonlashtirdi, biroq yaqin atrofdagi ko‘chalar va chorrahani tartibga keltirishni hech kim xayoliga ham keltirmadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting